"Real" o'zining transfer xarajatlari rekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1019
"Real" bir transferlar oynasi chog'ida yangi o'yinchilarni sotib olish uchun sarflangan xarajatlar rekordini yangiladi.
"Qirollik klubi" ushbu yozda tarkibini kuchaytirish uchun umumiy 303 mln evro sarfladi.
"Qaymoqlaranglilar" Eden Azar ("Chelsi", 100 mln evro), Luka Yovich ("Ayntraxt", 60 mln), Eder Militao ("Portu", 50 mln), Ferlan Mendi ("Lion",, 48 mln) va Rodrigo ("Santos", 45 mln) kabi futbolchilarni sotib oldi.
Shu tariqa, "Real" o'n yil avvalgi rekordini yangiladi. O'shanda Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted", 94 mln evro), Kaka ("Milan", 67 mln), Karim Benzem («Lion», 35 mln), Xabi Alonso ("Liverpul", 34,5 mln), Raul Albiol ("Valensiya", 15 mln), Alvaro Negredo ("Almeriya", 5 mln), Alvaro Arbeloa ("Liverpul", 4 mln) va Estebana Granero ("Xetafe", €4 mln) kabi futbolchilar uchun umumiy 258,5 mln evro sarflagan edi.

Bosh sahifaga
222