Shomurodovning gollari evaziga O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriyani mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 574
O'zbekiston milliy terma jamoasi “Milliy” stadionda Suriya terma jamoasini qabul qildi. Mazkur bahsda terma jamoamiz 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi ikkala golga ham Eldor Shomurodov mualliflik qildi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
O'zbekiston – Suriya 2:0
Gollar: Eldor Shomurodov (3,42)
O'zbekiston: Eldor Suyunov, Farrux Sayfiev (Oleg Zoteev, 73), Islom To'xtaxo'jaev, Anzur Ismoilov, Davron Xoshimov, Odil Hamrobekov (Fozil Musaev, 60), Odil Ahmedov (Xurshid G'iyosov, 75), Oston O'runov (Ikrom Aliboev, 60), Quvondiq Ro'ziev (Doston Ibragimov, 67), Jaloliddin Masharipov, Eldor Shomurodov (Igor Sergeev, 79).
Suriya: Ibrohim Alma, Muvallad A'lajan, Umro Al Midoni (Alaa Ash Shibli, 46), Amro Jeniat, Tamir Hag Muhammad, Xolid Al Mbayid, Ahmad Ashkor, Ahmad Al Ahmad (Firas Al Xatib, 65), Muhammad Al Marmur, Mahmud Al Movas (Abdul Malik Alanizon, 77), Muhammad Al Vohid.