«Kaspiy Kubogi». «Bunyodkor» musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 685

Xabar berganimizdek, bugun "Kaspiy Kubogi" musobaqasi start oldi.
Doniyor Usmonov murabbiyligidagi "Bunyodkor-2005" Qozog'istonning "Qayrat" klubi tarbiyalanuvchilariga qarshi o'yinda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Faqat darvoza oldida yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish borasida raqib ustunlik qildi.
"Bunyodkor-2005" ertaga guruhning ikkinchi o'yinini Gruziyaning "Saburtalo" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
«KASBIY KUBOGI – 2019»
«QAYRAT» (Qozog'iston) – «BUNYoDKOR-2005» (O'zbekiston) – 3:0
«Bunyodkor-2005»: Ramziddin Muhamedov, Asadbek Jamolov (Muhammadrizo Rahimov, 50), Behruzbek Mahmudov, Muzakkir Malikov, Iskandar Soliev, Abdurahmon Sulaymonov, Temur Baxtiyorov (Narimon Ahmadjonov, 40), Shoyusuf Erkinov, Shohruh Muqimov, Ilnur Safin, Muhammaddiyor Bahodirov.

Bosh sahifaga
234