Neymarning narxi yarim yil ichida rekord darajada pasayib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 982

PSJ va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning narxi rekord miqdorda pasayib ketdi.
CIES Football Observatoru nashrining ma'lumotiga qaraganda, 27 yoshli futbolchi yarim yil oldin dunyoning eng qimmat futbolchisi bo'lgan (213 mln evro).
Hozir hammasi o'zgardi. Braziliyalik futbolchi tez-tez jarohat olgani bois uning narxi 120-150 mln evroga pasayib ketgan. Bu rekord darajadagi pasayish.
Ta'kidlab o'tish joiz, Neymar so'nggi besh yil ichida 18 marotaba jarohat oldi.
Neymar ayni damda jarohati borligi tufayli Amerika kubogini o'tkazib yuboradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247