Kepa - De Xea bilan raqobat haqida: "Davidning ranjiyotganini tushunaman, ammo maydonga kuchlilargina tushadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 512

Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Kepa Arrisbalaga Evro-2020 saralashida Shvetsiya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) David De Xea bilan raqobat to'g'risida gapirdi.
"Bu bahslar anchadan buyon atrofimizda yuribdi, ammo biz o'ynashimiz kerak. O'ynayotganimdan, jamoaga yordam berayotganimdan va mavsumni shu tarzda tugatayotganimdan xursandman.
Ishlashda davom etaman, klubda eng yaxshi o'yinimni ko'rsatib, murabbiy ishonchini qozonishga harakat qilaman.
Faqat kuchlilargina maydonga tushadi. David ranjimoqda, buni tushunaman. Maydonga tushish uchun hammamiz mashq qilamiz, ammo bu marabbiy qarori. Bunga to'g'ri munosabatda bo'lish kerak", - deydi Kepa.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
286