"Real" Xabi Alonso variantini ham ko'rib chiqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

Madridning “Real” klubi bosh murabbiy sifatida Xabi Alonsoni tayinlash variantini ko'rib chiqmoqda. Marca xabariga ko'ra, jamoaning sobiq yarim himoyachisining "Bayer" boshqaruvidagi muvaffaqiyati "qirollik klubi" rahbariyatida juda hayratlantirgan.
Eslatib o'tamiz, Alonso "dorichilar"ni kuzda, jamoa Bundesligada tushib ketish zonasida bo'lganida qabul qilgandi. Endilikda jamoa turnir jadvalida o'ninchi o'ringa ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi va Chempionlar Ligasi zonasidan 11 ochko ortda qolmoqda.
Avvalroq Alonso 2009 yildan 2014 yilgacha "Real Madrid" futbolchisi sifatida o'ynagan va keyin "Bavariya"ga o'tgan. Futbolchilik faoliyati davomida Xabi ikki marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251