Feliks "Chelsi"dagi kelajagi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

Joriy mavsumda "Chelsi"da ijara asosida o'ynayotgan "Atletiko Madrid" hujumchisi Joau Feliks kelajagi haqida gapirdi.
"Londonda menga hamma narsa mos keladi, "Chelsi" ajoyib klub. Shartnomamizda sotib olish bandi yo'q, shuning uchun agar ular meni saqlab qolishni istasa, "Atletiko" bilan muzokara olib borishlari kerak. Menga klub bilan birinchi uchrashuvim juda yoqdi. Ammo kelajakda meni nima kutayotganini bilmayman", - deydi portugaliyalik hujumchi.
Feliksning "matraschilar" bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Uning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248