OKMK 2023 yilgi mavsum uchun liboslarni taqdim etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93

OKMK futbol klubi 2023 yilgi mavsumda foydalanadigan liboslarini taqdim etdi.
Klub 2023 yilgi futbol mavsumida ham Germaniyaning JAKO kompaniyasi liboslaridan foydalanadi. Bu borada OKMK «Tim Sport ekipirovkalar markazi» bilan hamkorlik qiladi.
Klub JAKO kompaniyasining ikki xil rangdagi formalarini tanladi. Ko'k rangli libos klub bosh homiysi Olmaliq kon-metallurgiya kominatsiya AJ faoliyatini uyg'un etuvchi rangli metallurgiya sanoatini eslatib tursa, oq libos poklik va samimiylikni ifoda etadi.
Uy uchrashuvlari uchun ko'k rangli formalar tanlangan, safar o'yinlariga oq liboslardan foydalanish ko'zda tutilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251