"Chelsi" 17 yoshli hujumchini o'ziniki qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

"Sautgempton"ning 17 yoshli hujumchisi Jimmi Morgan klubini o'zgartirdi. Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, Londonning “Chelsi” jamoasi umidli futbolchi uchun yangi ish joyiga aylangan.
Hujumchining taqdimotidan olingan suratlar allaqachon tarmoqda tarqalmoqda. Kelishuv imkon qadar tezroq rasman e'lon qilinadi.
Qishki transfer oynasida londonliklar yangi o'yinchilar uchun 300 million evrodan ortiq mablag' sarflashdi.
"Chelsi" Angliya Premer-ligasining joriy mavsumini yomon o'tkazmoqda. 22 turlan so'ng Grem Potter shogirdlari turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240