Frantsuz jurnalisti: «Mbappe — «PSJ»ning yagona quroli»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

Frantsiyalik jurnalist Daniel Riolo «PSJ» hujumchilari Lionel Messi va Neymarning o'yinidan norozi.
«Biz Mbappe «PSJ»ning yagona quroli ekanligini bilamiz, odamlar har doim ham eshitishni xohlamaydilar, lekin faqat u bor.
«PSJ»dagi kamchiliklar - bu ikki hujumchi - Neymar va Messi, ular so'nib bo'ldi. Ular chaqnash qobiliyatiga ega edi, ammo ularda hech narsa qolmadi», - dedi jurnalist.
Eslatib o'tamiz, avvalroq «PSJ» Frantsiya kubogi 1/8 finalida «Marsel»ga imkoniyatni boy bergandi (1:2).
Oldinroq Mbappe va Messi 14 fevralga belgilangan «Bavariya» bilan Chempionlar ligasi 1/8 final birinchi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Undan oldin, 11 fevral kuni «PSJ» Frantsiya chempionatida «Monako» bilan o'ynaydi.

Bosh sahifaga
241