"Tottenxem" hamshaharidan himoyachi xarid qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

"Tottenxem" Londonning boshqa bir klubi "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexiga qiziqish bildirmoqda.
Deniel Levi klubi yozda ikkita yangi markaziy himoyachini sotib olishni rejalashtirmoqda. Maqsadlardan biri - Gexi.
"Kristal Pelas" futbolchini Patrik Vieyraga bo'lgan ahamiyatini hisobga olgan holda o'zida saqlab qolmoqchi, biroq agar ular 45 million funt sterlingdan ortiq taklif olishsa, uni sotishni ko'rib chiqadi.
Gexi Angliya terma jamoasida uchta o'yin o'tkazgan, debyuti 2022 yilning mart oyida Shveytsariyaga qarshi o'yinda (2:1) bo'lgan.
Transfermarkt 22 yoshli futbolchini 35 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245