Galte ukrainalik futbolchi kiritgan golni - ahmoqona gol deb atadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Frantsiya kubogi doirasidagi o'yinda "PSJ" "Marsel"ga 1:2 hisobida yutqazdi va hal qiluvchi golni ukrainalik yarim himoyachi Ruslan Malinovskiy urdi.
Ruslanning goli "PSJ" ustozi Kristof Galtening hafsalasi shu darajada pir qildiki, frantsiyalik murabbiy buni ahmoqlik deb atadi.
"Biz uchun katta umidsizlik, chunki Frantsiya kubogi mavsumdagi maqsadlarimizdan biri edi. Lekin biz ajoyib jamoaga yutqazdik. Birinchi bo'lim ochiq o'tdi, ikkinchi bo'limda esa 20 metrdan zarba berishga imkoniyat yaratdik va juda ahmoqona gol o'tkazib yubordik.
"Shundan so'ng, raqib chuqur himoyalanishga o'tdi", dedi Galte.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258