Olga Zabelinskaya Tokio Olimpiadasining yana bir litsenziyasi uchun dadil qadam tashladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 692

Veloshossening guruh poygasi bo'yicha Tokio Olimpiadasiga yo'llanma qo'lga kiritgan hamyurtimiz Olga Zabelinskaya boshqa yo'nalishlardagi litsenzion musobaqalarda ham yuqori natijalarga erishmoqda. Xususan, sportchimiz bugun Italiyada o'tkazilgan velotrek bo'yicha xalqaro musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritdi.
50 aylanadan iborat guruh poygasi dasturida Zabelinskaya barcha raqibalarini ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Poygada ikkinchi o'rin ukrainalik Yuliya Beryukovaga nasib etgan bo'lsa, kuchli uchlikni 4 karra Olimpiada chempioni britaniyalik Laura Kenni yaknulab berdi.
Ushbu musobaqa Tokio Olimpiadasi yo'llanmasi uchun reyting ochkolarini taqdim etadi. Bu g'alabadan keyin Zabelinskaya hisobiga 200 reyting ochkosi qo'shilmoqda.

Bosh sahifaga
216