Messi "Marsel"ga qarshi o'yinda juda past ball olgan futbolchilardan biri bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84

Frantsiyaning L'Equipe gazetasi "Marsel"ga qarshi o'yindan so'ng "PSJ" futbolchilarini baholadi.
Kecha "PSJ" "Marsel"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi va 1/8 final bosqichida Frantsiya kubogini tark etdi.
Darvozabon Janluiji Donnarumma PSJda eng yaxshi bahoni oldi - 10 balldan 7 ochko.
Himoyachilar Nunu Mendesh va Markinos, shuningdek, yarim himoyachilar Danilo Pereyra va Marko Verratti 5 ball bilan baholandi.
Ushbu uchrashuvda “PSJ”ning yagona goliga mualliflik qilgan himoyachi Ashraf Hakimi va Serxio Ramos 4 ochkodan oldi. Shuningdek, yarim himoyachi Fabian Ruis va hujumchi Lionel Messi ham 4 ballga ega bo'ldi.
Hujumchi Neymar va yarim himoyachi Vitinya 3 ochkodan olishdi - bu o'yinning barcha ishtirokchilari orasida eng yomon reyting.

Bosh sahifaga
272