Dostonbek Otabolev Shanxay Premer-ligasida tengsiz bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 981

Xitoyning Shanxay shahrida karatening WKF yo'nalishi bo'yicha Premer-liga musobaqasi o'z yakuniga etdi. 3 kun davom etgan mazkur musobaqa terma jamoamiz uchun omadli yakunlandi.
Turnirning birinchi kunida hamyurtimiz Dostonbek Otabolaev -75 kg vazn toifasida final yo'llanmasini qo'lga kiritgani haqida xabar bergan edik. Karatechimiz bugun oltin medal uchun eronlik Bahman Asg'ariga qarshi jang qildi.

Murosasiz kechgan bahs Otabolaevning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi va yurtdoshimiz musobaqaning oltin medaliga sazovor bo'ldi.
Premer-liga musobaqasi Tokio Olimpiadasiga reyting ochkolarini taqdim etadigan yirik turnirlardan biridir. Ushbu g'alabadan so'ng sportchimiz o'z hisobidagi Olimpiada reyting ochkolarini 900 taga ko'paytirib olmoqda.

Bosh sahifaga
203