"Manchester Yunayted" "Roma" hujumchisini sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

"Manchester Yunayted" Viktor Osimxen va Xarri Keynni qo'lga kirita olmasa, zaxira variantiga o'tadi. The Telegraph xabariga ko'ra, mankunianliklar "Roma" hujumchisi Temmi Abraxamni kuzatib bormoqda.
"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Xag hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi, jarohatidan aziyat chekayotgan frantsiyalik hujumchi Antoni Marsyal esa mavsum oxirida sotilishi kerak.
Abraxam joriy mavsumda "Roma" safida barcha turnirlar doirasida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali hujumchini 45 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252