"Roma" Dzanoloni "Galatasaroy"ga o'tishini tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

"Roma" yarim himoyachi Nikolo Dzanoloni "Galatasaroy"ga sotganini e'lon qildi. Bitim tafsilotlari aytilmagan.
Xabar qilinishicha, turk klubi yarim himoyachi uchun 15 million evro, qo'shimcha ravishda 5 million bonus sifatida to'laydi.
Futbolchining o'zi esa yiliga 3 million evro maosh bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolaydi. Zanioloning shartnomasida 30 million evroga sotib olish ko'zda tutilgan.
Joriy mavsumda u "Roma" safida barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248