London grandlari yana o'zaro kurashga kirishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Londonning “Arsenal” va “Chelsi” klublari hali “Brayton” yarim himoyachisi Moyses Kaysedo uchun kurashni to'xtatgani yo'q.
Yanvar oyida ikkala poytaxt klubi ham kolumbiyalik futbolchini o'ziga jalb qilmoqchi bo'ldi, biroq "Brayton" rad javobini berdi. CaughtOffside xabariga ko'ra, "Arsenal" va "Chelsi" yozgi transfer oynasi ochilgandan so'ng 21 yoshli yarim himoyachini sotib olish uchun yangi urinishlar qilishlari mumkin.
Transfermarkt ekspertlari Moyses Kaysedoni 38 million evroga baholagan. Yanvar oyidagi transfer oynasining so'nggi kunlarida "Arsenal" uning uchun 70 million evrodan ko'proq pul to'lashga tayyorligi haqida mish-mishlar tarqaldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265