Roberto "Barselona"da qoladiganga o'xshaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

"Barselona" himoyachisi Serxi Roberto klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.
31 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar" rahbariyatining shartnomani uzaytirish haqidagi so'nggi taklifini rad etdi, chunki u shartnomada avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytirish bandini ko'rishni istamadi.
Jurnalist Helen Kondisning so'zlariga ko'ra esa hech qanday kelishmovchiliklarga qaramay, Roberto yangi shartnoma imzolaydi. Futbolchi kamtarona maoshga rozi, bu esa klub uchun vaziyatni ancha osonlashtiradi.
Serxi Roberto joriy mavsumda “Barselona” safida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 marta jamoadoshlariga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265