Dembele yana ichki tartibni buzdi. U transferga qo'yilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 657

"Barselona" yarimhimoyachisi Usmon Dembele yana ichki tartibni buzdi.
Frantsiyalik 22 yoshli futbolchi o'tgan haftada mashg'ulotlarga juda kech kelgan, deya xabar beradi As.
Dembele, vaziyatni tushuntirar ekan, u fizioterapevt bilan alohida shug'ullanayotgani, shuning uchun unda ruxsat borligini aytgan.
"Barselona"ga Dembelening bu hulqi yoqmaydi. Klub bir necha kun avval frantsuzga, agar ishga bo'lgan munosabatini o'zgartirmasa, u transferga qo'yilishini bildirgan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning dekabrida Dembele uxlab qolgani uchun mashg'ulotga kech qolgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
204