"Arsenal" angliyalik yarim himoyachi uchun 100 million evrodan ko'proq to'lashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Londonning “Vest Xem” klubi yarim himoyachisi Deklan Rays Angliya Premer-ligasining bir qancha top-klublari uchun transfer maqsadi hisoblanadi.
Todofichaes'ning so'zlariga ko'ra, APLning amaldagi etakchisi - "Arsenal" yozgi transfer oynasida 24 yoshli futbolchini qo'lga kiritishga harakat qiladi. "Kanonirlar" uning uchun 100 million evrodan ko'proq taklif qilishga tayyor.
“Arsenal”ning yarim himoyachi uchun raqiblari “Manchester Yunayted” va “Chelsi”.
O'z navbatida, "Vest Xem" o'zining etakchi futbolchisi bilan 135 million evro evaziga xayrlashishga tayyor. Raysning "bolg'achilar" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
171