"Bavariya" futbolchisi opera qo'shiqchisidan saboq oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Myunxenning "Bavariya" klubi markaziy himoyachisi Dayo Upamekano Bild muxbiri bilan suhbatda opera qo'shiqchisidan saboq olganini aytdi. Ushbu mashg'ulotlar frantsuzga o'yin paytida balandroq baqirishga yordam berish uchun mo'ljallangan edi.
Manba bergan xabarga ko'ra, 24 yoshli futbolchi tomog'i tez-tez og'riyotgani va ovozi xirillash paydo bo'lganligi sababli operachiga murojaat qilganini tan oldi.
Upamekano joriy mavsumda barcha turnirlarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Dayoning myunxenliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Frantsiyalik futbolchining transfer narxi 60 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176