Nazorat uchrashuvi. «Sho'rtan» «Yangier»ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60

G'uzorning «Sho'rtan» klubi Toshkentdagi yig'in so'nggida «Yangier» jamoasi bilan bellashdi. Nazorat uchrashuvida «bo'rilar» 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida yangierliklar hisobni ochishdi. Abdumutal Tursinqulov penaltidan unumli foydalanib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi — 0:1. 33-daqiqada Sardor Telyakov hisobni tenglashtirishga erishdi.
Ikkinchi bo'lim «Sho'rtan» ustunligida o'tdi va bu 78-daqiqada hisobda ham o'z aksini topdi. Miraziz Muhammadaliev jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi. Shu tariqa, «Sho'rtan» jamoasi Toshkentdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini yakunladi va G'uzor shahriga qaytib ketdi.
Toshkent. 07.02.2023
Nazorat uchrashuv.
«Sho'rtan» — «Yangier» 2:1
Gollar: A. Tursunqulov — 0:1, — S. Telyakov — 1:1, M. Muhammadaliev — 2:1.
«Sho'rtan»: Sherzod Abdurayimov, Mirzohid Mirzomahmudov, Shahboz Jo'raev, Hojiakbar Yunusov, Jamshid Kabulov, Jasur Umarov, Abror Sarimsoqov, Farhod Imamov, Javohir Hasanov, Sardor Tilakov, Timur Usmonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Suhrob Eshboev, Shahboz Tojiev, Jahongir Safarov, Choriyor Tursunqulov, Miraziz Muhammadaliev, Shokir Yo'ldoshev, Shahboz Nuriddinov, Muhriddin Zoirov, Asadbek Samariddinov
«Sho'rtan» PFK matbuot xizmati

Bosh sahifaga
203