"Leyptsig" yulduzi mashg'ulotlarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Kristofer Nkunku individual dastur bo'yicha mashq qila boshladi.
"RB Leyptsig" hujumchisi Kristofer Nkunku jahon chempionatidan biroz oldin tizzasidan olgan jarohatidan keyin birinchi marta o'z jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etdi. Kicker xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchini tiklanishi qat'iy jadvalga muvofiq davom etmoqda.
"Nihoyat men qaytib keldim", dedi Nkunku mashg'ulot maydoniga kirishdan oldin "RB Leyptsig"ning 400 nafar muxlisi olqishlar ostida.
Manbaning ta'kidlashicha, Kristofer jiddiy jarohat tufayli bir necha oy maydonga tusha olmagan futbolchi bo'lsa-da, yaxshi tiklanishda davom etmoqda.
Taxminlarga ko'ra, Nkunku Chempionlar ligasining 1/8 finalida "Manchester Siti"ga qarshi o'ynay oladi.

Bosh sahifaga
200