«Barselona» yana bir transferni naqd qilib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23694

PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo katta ehtimol bilan “Barselona”ga o'tadi deb xabar beradi Get French Football News nashri.
Manbaning xabar berishicha, Kataloniya klubi frantsiyalik futbolchiga ko'tarma puli sifatida 10 mln evro to'laydi. Rabo yanvar oyining boshida “Barselona” bilan shartnoma imzolaydi.
Asosiy transfer esa 23 yoshli futbolchining parijliklar bilan tuzgan shartnomasi tugaganida (yozda) bo'lib o'tadi. Shu tariqa “ko'k-anorranglilar” Raboni bepul qo'lga kiritadi.
Ma'lumot uchun, Rabo joriy mavsum PSJ safida 20 ta o'yinda maydonga tushib 2 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
256