"Yuventus" bir qator futbolchilari bilan shartnomani uzaytirmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

"Yuventus" xarajatlarni kamaytirish uchun yozda 5 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi.
Ochkolar olib tashlanganidan keyin “Yuventus” keyingi mavsumda Chempionlar ligasiga kira olmasligi ehtimoli yuqori. Oqibatda daromadni yo'qotishi sababli klub o'yinchi xarajatlarini kamaytirishga majbur bo'ladi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, italyan klubi Adrien Rabo, Aleks Sandro, Xuan Kaudrado, Leandro Paredes va Anxel Di Mariya bilan shartnomani uzaytirmaydi. Buning evaziga “Yuventus” 70 million evroga yaqin maoshlarni tejaydi.
Bu futbolchilarning barchasining “Yuventus” bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258