"Milan" Leau bilan muzokaralarni deyarli to'xtatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88

"Milan" va vinger Rafael Leau yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni deyarli to'xtatdi.
Yanvar oyi boshidan beri ular muzokaralarda muvaffaqiyatga erisha olishmadi. Bir hafta oldin "Milan" "Leau va uning atrofidagilar bilan muloqot tinch va professional muhitda davom etayotgani" haqida xabar bergandi. Tomonlar hozircha maosh va band bo'yicha kelishib olishmagan, amaldagi shartnomaga ko'ra, uning tovon puli 150 million evro. Shartnoma muddati 2024 yilning yozida tugaydi.
Shuningdek, Rafael “rossonerilar”dan sobiq jamoasi “Sporting”ga 19 million evro qarzini to'lashini kutmoqda.
Joriy mavsumda Leau 28 o'yinda 9 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227