"Manchester Siti" aybdor deb topilsa ham, unvonlaridan mahrum qilinishi dargumon
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

Agar klubning moliyaviy qoidabuzarliklarda aybi isbotlansa, "Manchester Siti" sovrinlardan mahrum bo'lishi dargumon.
The Independent nashrining yozishicha, "Manchester Siti" avval qo'lga kiritilgan sovrinlardan mahrum bo'lishi dargumon, chunki bunday chora Premer-liga obro'siga putur etkazadi.
Ammo "Manchester Siti"ni Premer-ligadan chiqarib yuborish va klub toifasini tushirish imkoniyati boshqa jamoalar rahbarlari tomonidan jiddiy muhokama qilinmoqda. Qayd etilishicha, bunday qattiq jazo boshqa liga klublari uchun xabar bo'lishi mumkin.
Kecha Premer-liga "Manchester Siti"ni 2009/10-mavsumdan 2017/18-mavsumgacha 100 dan ortiq moliyaviy qoidabuzarlikda aybladi. Klub bu ishda o'zining haqligiga ishonchi komil.

Bosh sahifaga
226