Silva Kanseluning "Bavariya"ga o'tishiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva vatandoshi Joau Kanseluning "Bavariya"ga o'tishi haqida gapirdi.
Nemis grandi portugaliyalik futbolchini keyinroq sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
“Joau uchun xursandman. U o'z yo'lini tanladi va baxtli bo'lsin. Uning ketishidan xafaman, chunki endi maydonda unga tayanolmayman. Ammo bu uning tanlovi" - dedi Silva Eleven Sports bilan suhbatda.
Bundesliganing joriy mavsumida Kanselu bitta o'yin o'tkazib, darhol golli uzatmani amalga oshirdi.
Himoyachining transfer narxi 70 million evroga baholanmoqda. U 2019 yildan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelayotgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241