Benzemaning murabbiyi: "Hatto Ronaldu ham Karimning mashg'ulotlariga dosh bera olmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96

Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzemani tayyorlayotgan murabbiy Pedro Parrado shogirdining joriy mavsumdagi jarohati haqida fikr bildirdi.
"Karim shunday mentalitetga egaki, u tinimsiz mashg'ulot o'tkazishni va yaxshilanishni xohlaydi. Klub uni qaytganidan so'ng darhol o'yinga qo'yib, xatoga yo'l qo'ydi. Hatto Krishtianu Ronaldu ham Benzema o'tkazayotgan mashg'ulotlarga chiday olmaydi", - dedi Parrado Marca nashri bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli frantsiyalik hujumchi "Malorka" bilan so'nggi o'yinni o'tkazib yuborgan va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida "qaymoqranglilar"ga yordam bermaydi.
Karim joriy mavsumda La Liganing 12 o'yinida 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
241