Xavi Rafinyani maqtadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya chempionatining 20-turidan o'rin olgan "Sevilya"ga (3:0) qarshi o'yindan so'ng hujumchi Rafinyani maqtadi. Braziliyalik futbolchi ushbu o'yinda bitta gol urdi va Gaviga golli uzatma berdi.
"Menimcha, u tobora yaxshilanmoqda. Rafinya - ajoyib o'yinchi", — dedi Xavi Mundo Deportivo bilan suhbatda.
26 yoshli Rafinya 2022 yilning yozida “Lids”dan “Barselona”ga o'tgan edi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, braziliyalik hujumchining transferi Kataloniya klubiga 58 million evroga tushgan. Rafinya joriy mavsumda 29ta o'yinda 6ta gol urdi va 8ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241