Montella: «Barchamiz xavotirdamiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

«Adana Demirspor» bosh murabbiyi Vinchentso Montella Turkiyadagi zilzilalar haqida gapirdi.
«Yakshanba kunidan beri Istanbuldamiz, «Yumraniespor»ga qarshi o'yin bekor qilindi. Adanada kuchli zilzila sezilganini bilaman.
Ko'pchilik futbolchilarim oilasi haqida qayg'urmoqda. Odamlar ko'chada edi, Adanada men yashagan mehmonxona ham evakuatsiya ishlari olib borildi. Doimiy silkinishlar bor, barchamiz xavotirdamiz», - dedi Montella.
6 fevral kuni Turkiya janubidagi Kaxramanmarash viloyatida 7,7 magnitudali ketma-ket silkinishlar sodir bo'lib, u 10 ta viloyatga ta'sir ko'rsatdi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, 2316 kishi halok bo'lgan, 13293 kishi jarohatlangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246