"Liverpul" yarim himoyachisi turk klubiga o'tmaydigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Florian Plettenbergning fikricha, "Liverpul" yarim himoyachisi Nabi Keyta "Galatasaroy"ga o'tmaydi.
Avvalroq ikki klub o'rtasida futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar olib borilayotgani xabar qilingandi.
27 yoshli gvineyalik futbolchining "Liverpul" bilan shartnomasi shu yozda tugaydi, hozircha yangi shartnoma imzolanishi dargumon. Futbolchi mavsum yakunida jamoani tark etishga yaqin turibdi.
Manba futbolchining 2 yil davomida "Leyptsig"da o'ynagan futbolchi Bundesligaga qaytishini istisno etmayapti.
Joriy mavsumda Keyta mersisaydliklar safida 10 ta o'yinda bor-yo'g'i 377 daqiqa o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237