Keyn yana rekord o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn 22-tur doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda (1:0) g'alaba golini kiritdi.
Bu gol 29 yoshli hujumchi uchun Premer-ligadagi 200-, umumiy hisobda esa 267-gol bo'ldi.
Premer-ligada 200 ta gol urish uchun futbolchi 304 ta o'yin o'tkazdi, bu turnir tarixidagi eng yaxshi natija, ikkinchi o'rinda Alan Shirer - 306 ta o'yin, uchinchi o'rinda Ueyn Runi - 462 ta.
Shuningdek, Keyn Jimmi Grivzni ortda qoldirib, "Tottenxem" tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi va Premer-ligada tarixida bir klub uchun 200 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242