Nikolo ertaga Istanbulga uchadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

"Roma"ning hujumkor yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo tez orada jamoani tark etadi. Jurnalist Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berishicha, "Galatasaroy" rimliklar bilan italiyalik futbolchini o'z klubiga o'tkazish borasida kelishib olishga yaqin turibdi. Ayni damda har ikki jamoa rahbariyati transferning yakuniy tafsilotlarini kelishib olishgan.
Futbolchining "Galatasaroy" bilan shaxsiy shartlari ikki kun oldin kelishib olingandi. Zaniolo ertaga shartnoma imzolash uchun Istanbulga uchishi kutilmoqda.
Dzanolo qishki transfer oynasida "Bornmut" yoki "Milan"ga ketishi mumkin edi, ammo har ikki klub bilan muzokaralar turli sabablarga ko'ra muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260