Bundesliga televidenie huquqlarining bir qismini 4,5 milliard evroga sotmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

Germaniya Bundesligasi uch oydan ko'proq vaqt davomida investitsiya fondlari bilan tijorat va translyatsiya huquqlarini boshqarish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Liga o'z klublarini moliyalashtirish uchun pul yig'ish maqsadida yangi tashkil etilgan tuzilmaning minoritar ulushini sotish rejalashtirilgan.
Hozirda 5 nafar investor televidenie huquqini sotib olish uchun ariza topshirmoqda. «Real Madrid» va «Barselona»ni qayta moliyalashda ishtirok etgan Sixth Street investitsiya kompaniyasi ham kurashga qo'shilishi mumkin.
Bundesliga televidenie huquqlarining narxini 18 milliard evroga baholamoqda. 25% ulushini sotish hisobiga 4,5 mlrdni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242