La Liga Vinisiusni haqorat qilganlarni jazolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Yakshanba kuni Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionati doirasida "Malorka"ga qarshi mehmonda o'ynadi. Madridliklar hujumchisi Vinisius Junior mezbonlar muxlislari tomonidan irqiy haqoratga uchradi.
La Liga voqea yuzasidan tekshiruv boshladi. Tashkilot haqoratomuz so'zlarni aytgan shaxslarni aniqlab, jazolamoqchi. La Liga maxsus elektron pochta manzili orqali qimmatli ma'lumotlarni almashish uchun "Malorka" muxlislarining yordamiga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Malorka" o'z maydonida "Real"ni 1:0 hisobida mag'lub etgandi. Tur yakuniga ko'ra, Madrid va "Barselona" o'rtasidagi farq 8 ochkoga etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246