Pulishich yaqin orada safga qaytishini sha'ma qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84

Hujumkor yarim himoyachi Kristian Pulishich oxirgi marta "Chelsi" safida bir oy avval - yanvar oyi boshida o'ynagan. O'shandan beri amerikalik futbolchi tizzasidan jarohat olib, klub shifoxonasida yotdi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Pulishich yaqin orada safga qaytishiga sha'ma qildi. 24 yoshli amerikalik futbolchi "Tez orada qaytaman" - deb ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.
Umuman olganda, Kristian Pulishich "Chelsi" safida 136 ta rasmiy o'yin o'tkazgan. Ularda hujumkor yarim himoyachi 26 ta gol urdi va sheriklariga 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Chelsi" ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266