Morgan "Manchester Siti"ga qo'yilayotgan ayblovlarga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78

Taniqli britaniyalik jurnalist Pirs Morgan Angliya Premer-ligasi "Manchester Siti"ni 2009-2018 yillar davomida yuz bergan moliyaviy qoidalarni 100 dan ortiq buzishda ayblagani haqidagi ma'lumotga munosabat bildirdi.
"Dahshatli. Darhol ochkolardan mahrum qilish kerak!" - deb post qoldirdi Morgan o'zining ijtimoiy tarmoqlarida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq xuddi shunday ayblovlar tufayli Turinning "Yuventus" klubidan 15 ochko olib tashlangandi.
Eslatib o'tamiz, “Manchester Siti” Angliyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Premer-liganing joriy mavsumida 21 ta o'yindan so'ng "shaharliklar" peshqadam "Arsenal"dan 5 ochko ortda qolgan holda turnir jadvalining ikkinchi pog'onasini egallab turishibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251