Rasman! APL klubi bosh murabbiysiz qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

"Lids" klubi bosh murabbiyi Jessi Marshni ishdan bo'shatishini rasman e'lon qildi. Iste'fo jamoaning safarda "Nottingem Forest"dan uchralgan mag'lubiyatidan keyingi kunga to'g'ri keldi.
Jessi Marsh o'tgan yilning fevral oyining oxiridan beri "Lids"da ishlab keldi. Amerikalik mutaxassis boshchiligidagi 37 uchrashuvda jamoa 11 g'alaba, 10 durang va 16 mag'lubiyat qayd etgan.
"Lids" hozirda Premer-liga turnir jadvalida 17-o'rinda bormoqda. Oldinda “tovuslar” Angliya chempionatining “Manchester Yunayted”ga qarshi ketma-ket ikki uchrashuv kutib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267