Turkiyada barcha sport tadbirlari to'xtatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

Turkiya zilzila sababli barcha sport tadbirlarini to'xtatdi.
Yoshlar va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapoglu sport tadbirlarining keyingi qarorga qadar to'xtatilishini qo'shimcha qildi.
Xususan, Turkiya chempionatining bugun bo'lib o'tishi kerak bo'lgan “Umraniespor” – “Adana Demirspor”, “Giresunspor” – “Kayserispor” va “Fenerbaxche” – “Konyaspor” uchrashuvlari bekor qilindi. Shuningdek, voleybol, qo'l to'pi, og'ir atletika va boshqa sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazilmaydi.
Turkiyaning janubi-sharqida 6 fevralga o'tar kechasi 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi va bu mamlakatda 1939 yildan beri eng kuchlisi bo'ldi. Zilzila epitsentri Gaziantep shahri yaqinida joylashgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266