Turkiya chempionati to'xtatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Ko'plab insonlarning hayotiga zomin bo'lgan kuchli vayronkor zilzila tufayli Turkiya barcha sport musobaqalarini to'xtatishga qaror qildi. Qaror keyingi xabarnomaga qadar kuchda qoladi.
Dushanba oqshomida Turkiya Superligasida uchta o'yin, jumladan, "Fenerbaxche"ning o'yini rejalashtirilgan edi. Bu o'yinlar boshqa vaqtga ko'chirildi va keyinroq o'tkaziladi.
Ayni damda Turkiya chempionati peshqadami “Galatasaroy” hisoblanadi. “Fenerbaxche” ikkinchi o'rinda bormoqda. Kuchli uchlikni peshqadamdan 14 ochko kam to'plagan "Istanbul Bashakshehir" egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259