"Barselona" "Real"ning "Malorka"dan uchralgan mag'lubiyatidan xursand ekanligini yashirmadi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

"Barselona" ijtimoiy tarmoqlarda "Real"ning "Malorka"dan uchralgan mag'lubiyatiga (0:1) munosabat bildirdi.
La Liganing 20-turidan o'rin olgan "Real" va "Malorka" o'rtasidagi o'yin yakunlangach, "Barselona" matbuot xizmati klubning "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida Xavining kulib turgan suratini joylashtirdi va suratga tabassumli emodzi joyladi.
O'sha kuni birozdan keyin "Barselona" "Sevilya"ni 3:0 hisobida mag'lub etib, La Liga turnir jadvalida "Real"dan ustunligini 8 ochkoga etkazdi.
Keyingi turda "Barselona" safarda "Vilyarreal" bilan o'ynaydi. "Real" klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan so'ng 15 fevral kuni "Elche"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227