UEFA Turkiyaga hamdardlik bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Evropa futbol federatsiyasi (UEFA) 5 fevraldan 6 fevralga o'tar kechasi mintaqada yuz bergan kuchli zilzilalar munosabati bilan Turkiya va Suriya xalqiga hamdardlik bildirdi.
"UEFA va butun Evropa futbol jamoatchiligining barcha e'tibori Turkiya va Suriya xalqi, shuningdek, bugun ertalab sodir bo'lgan dahshatli zilziladan jabrlanganlarning barchasi bilan" - deyiladi tashkilotning "Tvitter"dagi sahifasida e'lon qilingan rasmiy bayonotida.
Zilzila epitsentrida Turkiyaning Qahramonmarash viloyati bo'lgan va bu hatto Turkiyaga qo'shni Suriya va Iroqda ham sezilgan. Zilzila kuchi 7,4 ballni tashkil qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261