"Yuventus" Pogba bilan xayrlashish niyatida emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Turinning "Yuventus" klubi mish-mishlarga qaramay, frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba bilan shartnomani bekor qilmoqchi yoki undan voz kechmoqchi emas.
"Yuventus" Pol Pogba bilan shartnomani bekor qilish niyati haqidagi barcha mish-mishlar va ma'lumotlarni rad etadi. Hozirda klub bunday imkoniyatni ko'rib chiqmayapti, chunki jamoa uning qaytishini kutmoqda", - deb yozdi italiyalik taniqli insayder Fabritsio Romano.
29 yoshli Pogba 2022 yilning yozida "Manchester Yunayted"dan tekinga "Yuventus"ga qaytgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237