"Galatasaroy" "Barselona" posboniga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Turkiyaning "Galatasaroy" jamoasi "Barselona" darvozaboni Inyaki Penyaga ko'z tikmoqda.
Jurnalist Xosep Kapdevilaning xabar berishicha, "sherlar" Fernando Musleraning jarohati tufayli "ko'k-anorranglilar"ning zaxira darvozaboni xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, "Barselona" allaqachon "Galatasaroy" taklifini rad etishga muvaffaq bo'lgan. "Ko'k-anorranglilar" futbolchini mavsum o'rtalarida qo'yib yuborish niyatida emas.
Eslatib o'tamiz, Penya o'tgan mavsumda "Galatasaroy"da ijara asosida o'ynagan va Turkiya chempionatida jamoa uchun 6ta o'yinda maydonga tushgan. Inyaki bu mavsumda "Barselona" tarkibida La Ligada o'ynamagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224