Nagelsmann va Noyer o'rtasidagi munosabat yomonlashgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102

"Bavariya" ustozi Yulian Nagelsmann va jamoa sardori Manuel Noyer o'rtasidagi munosabatlar juda yomonlashdi.
Kicker nashrining yozishicha, mojaroga murabbiy o'z fikrlarini Josua Kimmix orqali etkazishini afzal ko'rgani sabab bo'lgan. Qayd etilishicha, darvozabon va murabbiy o'rtasida taranglik - uzoq muddatli darvozabonlar murabbiyi Toni Tapalovichning ishdan bo'shatilishiga Noyerning munosabat bildirishi sababli yuzaga kelgan. Qizig'i shundaki, darvozabon "Bavariya" rahbariyatini tanqid qilgan shov-shuvli intervyusidan so'ng "Bavariya"ning ba'zi futbolchilari Noyer tomoniga o'tishdi.
Eslatib o'tamiz, Manuel Noyer qishki ta'tilda chang'i uchish paytida olgan og'ir jarohati tufayli ushbu mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.

Bosh sahifaga
258