So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Yosh qilichbozlarimiz Rossiyadagi turnirning jamoaviy bahslarida g'olib bo'lishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9646
Kecha qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston kadetlar terma jamoasi a'zolari 4 karra Olimpiya o'yinlari chempioni S.Pozdnyakov sovrini uchun o'tkazilayotgan Rossiya ochiq chempionatida ishtirok etayotganliklari haqida xabar qilgandik. Sablya bo'yicha yakkalik bahslarida Sherzod Mamutov bronza medaliga sazovor bo'lgandi. Jamoaviy bellashuvlarda esa yigitlarimiz oltin medalga ega chiqishdi.
Musobaqada 28 ta jamoa (Rossiyadan 26 ta, O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari) ishtirok etdi. Yigitlarimiz 1/8 finaldan o'z ishtiroklarini boshlashdi. Ushbu bosqichda Novosibirskning «Viktoriya» jamoasi 45:26 hisobida mag'lub etildi. Chorak finalda esa «Sankt-Peterburg» jamoasi 45:33 hisobida taslim etildi. Yarim finalda Novosibirskning «Spartak» jamoasidan 45:31 hisobida ustun kelgan yigitlarimiz hal qiluvchi bellashuvda Moskvaning TsSKA klubi qilichbozlariga qarshi kurash olib borishdi. Qizg'in kechgan bahsda vakillarimiz 45:41 hisobida g'alaba qozonib, musobaqa g'olibiga aylandilar.
Ma'lumot uchun, musobaqada yurtimiz sharafini Jaloliddin Dushamboev, Pazilbek Genjebaev, Sherzod Mamutov, Bobur Rasulov himoya qildi.
Qizlarimiz esa bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat bilan musobaqani yakunlashdi.