"Inter" xo'jayini qamoqqa olinishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

Milanning “Inter” klubi prezidenti Stiven Chjan qariyb 300 million evro qarzni to'lamaganlikda ayblanmoqda. Bu 31 yoshli tadbirkor uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan muammo.
Calcio e Finanza nashri xabariga ko'ra, "Inter" klubi aktsiyadorini uch oygacha bo'lgan qamoq jazosi kutmoqda.
AQShlik kreditorlar Chjanni Milanda sudga berishdi va Gonkongda yana ikkita ish bor. China Construction Bank tadbirkorning qarzlari, shuningdek, uning bank hisob-varaqlari holati, daromad va xarajatlari haqida bilmoqchi. Chjan shuningdek, o'zining aktivlari va majburiyatlari, jumladan, "Inter" aktsiyalariga tegishli har qanday hujjatlarni taqdim etishi kerak bo'ladi.
Agar sud Chjan mol-mulkni yashirganini aniqlasa, u uch oygacha qamoqqa olinishi mumkin. Sud majlisi 13 martga belgilangan.

Bosh sahifaga
278