Suriya terma jamoasi Toshkentga etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 669
11 iyun kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Mana shu o'yinda ishtirok etish uchun suriyaliklar Toshkent shahriga etib keldi. Suriya terma jamoasi Toshkentdagi “Ramada” mehmonxonasiga joylashdi.
Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston - Suriya uchrashuvi 11 iyun kuni soat 18:30da “Milliy” stadionda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, kecha O'zbekiston terma jamoasi KXDRga qarshi o'rtoqlik o'yinida 4:0 hisobida g'alaba qozondi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!